Siyosat
Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi uchun taklif qabul qilish 1-avgust soat 00:00 da toʻxtatildi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyul kuni jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgandi va muhokama uchun dastlab 10 kun ajratilgan edi. Deputatlar bu muddat yetarli emas deb topdi va yana 10 kun muddat qoʻshildi. Keyinroq qonun loyihasi muhokamasini 1-avgustgacha uzaytirishga qaror qilindi.
Konstitutsiyaviy komissiya matbuot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, 30-iyul kuni fuqarolardan 117 mingdan ortiq taklif kelib tushgan.
“Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitalari xalqimizdan kelib tushgan takliflarni umumlashtirish, tahlil qilish va qonun loyihasini takomiliga yetkazish borasidagi faoliyatini davom ettiradi”, — deyiladi komissiya matbuot xizmati xabarida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q