Shavkat Mirziyoyev qator vazirlik va tashkilotlarni tanqid qildi

Saqlash
22:45 / 29.07.2022 726 0

Prezident Yuqori Chirchiq tumanida IT sohasi vakillari bilan uchrashuvda barcha vazirlar, hokimlar va tarmoq rahbarlari, oliygohlar rektorlari raqamlashtirishni birinchi navbatdagi vazifalar qatoriga olib chiqishi lozimligini taʼkidladi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev bu borada ayrim tashkilotlardagi ishlar qanday ketayotgani haqida gapirgan va ayrim vazirliklarni tanqid ostiga olgan.

 

«Bu borada adliya, mehnat, oliy va xalq taʼlimi vazirliklari, soliq, bojxona idoralari, Navoiy kombinati, ʻAvtosanoatʻ, ʻSanoat qurilish bankiʻda raqamlashtirish boʻyicha natijalar borligi qayd etildi.

 

Lekin, Transport, Energetika vazirliklari, Veterinariya qoʻmitasi, ʻUzbekistan Airportsʻ, ʻTemir yoʻllariʻ, ʻAgrosugʻurtaʻda ishlar ahvoli sust», deyiladi xabarda.

 

Prezident soʻzining yakunida yoshlarni eksport bozorlariga chiqishga koʻmaklashadigan tizim yaratish shartligini taʼkidlagan.

 

«Xorijiy korxonalar yoshlarimizga ishonch bildirib, joriy yilning oʻzida 100 million dollarlik xizmatlarga buyurtma bergan. Lekin, mahalliy korxonalarimiz buyurtmalari bundan ancha kam.

 

Bundan tashqari, hududlarda yoshlarni eksport bozorlariga chiqishga koʻmaklashadigan tizim yaratishimiz shart va zarur», — dedi Prezident soʻzining yakunida.

 

Shundan soʻng soʻz AKT vaziri Sherzod Shermatovga berilgan. Vazir sohadagi muammo va takliflar yuzasidan axborot bergan.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//