Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining tadbirlarida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga kelgan Xitoy Davlat kengashi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan, SHHTning boʻlajak sammiti kun tartibi koʻrib chiqilgan.
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
113632
Jamiyat
96441
Jamiyat
93998
Jamiyat
77967
Jamiyat
//
Izoh yo‘q