Siyosat
Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash ishlarining birinchi bosqichi yakunlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi oʻz tizimida korrupsiyaga qarshi standartlarni joriy etayotgan 24 ta tashkilotda eksperiment tariqasida oʻtkazilganini maʼlum qildi.
Baholash natijalariga koʻra, 24 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, 3 ta tashkilot faoliyat samaradorligi “yaxshi” — 81 balldan 100 ballgacha, 10 ta tashkilot faoliyati “qoniqarli” — 55 balldan 81 ballgacha va 11 ta tashkilotning ushbu yoʻnalishdagi faoliyati “qoniqarsiz” — 55 balldan past toifalarga ajratildi.
Baholash davlat tashkilotlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda bir necha tendensiya va uslublardan foydlanib, amalga oshirilayotganini koʻrsatdi.
Xususan, Davlat bojxona va Soliq qoʻmitalari oʻz tizimidagi barcha korrupsion xavf-xatarlarni baholash va ulardagi xatar omilini minimallashtirish hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyatini barcha tarkibiy va hududiy boʻlinmalarda tashkil etish orqali korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini joriy qilgan. Bu, oʻz navbatida, barcha jarayonlarni nazorat qilish mavjud xavflarga tezkorlik bilan munosabat bildirib borish imkonini beradi, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, davlat tashkiloti rahbarining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha murosasiz pozitsiyasi va tashkilot tizimiga, ayniqsa aholi va tadbirkorlar bilan bevosita munosabatga kirishuvchi yoʻnalishlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali korrupsiyaga qarshi kurashish tendensiyasi ham mavjud. Bunga misol sifatida Adliya vazirligi, Davlat bojxona, Soliq va Statistika qoʻmitalarini koʻrsatish mumkin.
Umuman olganda, baholash natijalari joriy yil “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan korrupsiyaning tarqalganlik darajasini jamoatchilik ongida idrok etilishini baholashga qaratilgan soʻrov natijalari bilan hamohang ekanligini koʻrsatdi.
Xususan, soʻrovnoma natijalariga koʻra aholi tomonidan eng korrupsiyalashgan yoʻnalishlar sifatida qayd etilgan sogʻliqni saqlash, kadastr, oliy taʼlim sohalariga javobgar boʻlgan Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati “E-Anticor.uz” elektron platformasiga kiritilgan maʼlumotlarni tahlil qilish va ekspertlar fikriga koʻra qoniqarsiz deb topildi.
Bu esa, korrupsiyaning tarqalganlik darajasini pasaytirish avvalambor, tashkilotda uning oldini olish uchun qoʻllanilayotgan preventiv mexanizmlarga bevosita bogʻliq ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Taʼkidlanishicha, “E-Anticor.uz” elektron platformasiga ayrim hujjatlar yoki qilingan ishlar kiritilmagan yoki notoʻgʻri kiritilganligi oqibatida tashkilotlarga tegishli ballar berilmasligining oldini olish maqsadida reytingning dastlabki natijalari tashkilotlarga taqdim qilingan, ularning fikr va eʼtirozlariga asosan yakuniy reyting shakllantirilgan.
Baholash yakunlari boʻyicha:
Reyting baholash natijalari Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashiga yuborildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q