Jurnalistlar Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi bo‘lishdi

Saqlash
21:53 / 08.10.2021 1920 0

2021-yilgi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Rossiyaning «Новая газета» nashri bosh muharriri Dmitriy Muratov hamda filippinlik tadqiqotchi jurnalist Mariya Ressaga berildi. Ular “demokratiya va shaffof dunyo asosi bo‘lgan so‘z erkinligini himoya qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun” e’tirof etildi.

Dmitriy Muratov - «Новая газета» asoschilaridan sanaladi. U 1995-yildan 2017-yilgacha ushbu nashr bosh muharriri bo‘lgan, keyin yana 2019-yildan shu lavozimni egallagan.

Mariya Ressa o‘z vatani Filippindagi hokimiyatni suiiste’mol qilish, zo‘ravonlik va kuchayib borayotgan avtoritarizmni fosh etish uchun so‘z erkinligi huquqiga tayangan.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti uchun jami 329 nomzod ko‘rsatilgandi (234 kishi; 95 tashkilot). Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti - shvedlarning emas, norveglarning Nobel qo‘mitasi tomonidan topshiriladigan yagona Nobel mukofotidir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//