IIB Qashqadaryoda yaqinlari tomonidan kaltaklangan ayol holatiga munosabat bildirdi

Saqlash
19:42 / 13.07.2022 781 0

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati internetda tarqalgan, kelin eri va yaqinlari tomonidan kaltaklanib, sochi kesib tashlangani aytilgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

2022 yilning 09  iyul kuni soat taxminan 23-30 larda Yakkabogʻ tumani, “Yangihayot” MFYda yashovchi fuqarolar YU.E, YU.B, YU.R va YU.Xlar  Yakkabogʻ tumani, “Yangihayot” MFYda yashovchi Q.M fuqaro YU.X bilan ishqiy munosabatda boʻlib yurganligidan gʻazablanib, oyoq-qoʻlini bogʻlab, sochini kesib tashlab, tanasini duch kelgan sohalariga qoʻl-oyoqlari va qamchi bilan mutassil ravishda urib, qiynab, jismoniy azob berib tan jarohati yetkazishgan. Natijada Q.M. tan jarohati olib, Yakkabogʻ tumani Tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga tushgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Yakkabogʻ tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan  fuqaro YU.E, YU.B va boshqalarga nisbatan OʻzR JKning 138-moddasi  2-qismi “a” bandi bilan  jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//