Jahon
Ozarboyjonning “Xalq gazetasi” saytida Oʻzbekiston va Ozarboyjon orasidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maʼrifiy aloqalar, ikki millat birodarligi, orzular va niyatlar mushtarakligi, shuningdek, soʻnggi yillarda oʻzaro hamkorlik mustahkamlanayotgani borasida tahliliy maqola chop etildi.
Maqolada Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga, Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyevning Oʻzbekistonga tashrifi, kelishilgan rejalar haqida alohida toʻxtalib oʻtilgan.
– Ozarboyjon va Oʻzbekiston qardosh, doʻst oʻlkalardir. – deydi Ozarboyjon Milliy majlisi eksperti, muallif Akbar Qoʻshali. – Bu qardoshlik va doʻstlik ham xalq, ham davlat darajasiga yetganida yanada oʻzgacha ahamiyat kasb etadi, yaʼni mamlakatlarimiz xalqimizning, xalqimiz esa mamlakatlarimizning ifodachisi, tarannum etuvchisidir.
Ayniqsa, soʻnggi yillarda ikki davlat oʻrtasida adabiy aloqalar yanada jonlandi. Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”si oʻzbek tiliga oʻgirilib chop etilishi, Alisher Navoiyning “Xamsa”si ozarboyjon tiliga oʻgirilib nashr qilinishi, Bokuda “Istiqlol davri oʻzbek sheʼriyati” antologiyasi, Toshkentda Oʻzbekiston Prezidenti qaroriga muvofiq “Turk xalqlari adabiyotining” 100 jildligi nashrga tayyorlanishi buning yaqqol misolidir.
– Oʻzbekistonni yaxshi koʻramiz, qardoshlarimizga hurmatimiz hamisha baland. – deya taʼkidlaydi maqola yakunida Akbar Qoʻshali. – Hamkorligimiz endilikda Turk davlatlari tashkiloti doirasida yangi mazmun-mohiyat kasb etib, yangi marralarni koʻzlab yoʻlga tushganidan juda mamnunmiz.
Maqola yakunida Ozarboyjon va Oʻzbekiston prezidentlarining 2022-yil 21-iyunda jurnalistlarga bergan bayonotidan iqtibos keltiriladi. Shavkat Mirziyoyev, jumladan, shunday degan edi: “Bu ikki mamlakatning birodarligi mustahkam boʻlsa, hech qanday kuch bizni yengolmaydi”.
Rahmat BOBOJON
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q