Jamiyat
Toshkent viloyati Tuyabo‘g‘iz suv omborida cho‘milayotib cho‘kib ketayotgan 16 yoshli bola qutqarib qolindi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 3-iyul kuni soat 15:00 larda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bir guruh qutqaruvchilari Tuyabo‘g‘iz suv omborida navbatchilik olib borayotgan paytda, suv ombori qirg‘og‘idan 150 metr uzoqlikda cho‘milayotgan 16 yoshli bola cho‘kib ketayotganini payqab qolgan.
Ular tezkorlik bilan qutqaruv ishlarini amalga oshirib, sanoqli soniyalar ichida bolani suv ostidan olib chiqib hayotini saqlab qolgan.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90459
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q