Ilm-fan
“Yangidan tashkil etilayotgan maktablarga imtihonlar 2 yoʻnalishda boʻlib oʻtadi. Bular aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlar. Imtihon savollari maktab dasturlari va darsliklaridan chiqmagan holda har bir sinf kesimida bolaning yoshiga moslab xalqaro ekspert va mutaxassislar ishtirokida ishlab chiqilgan”, – dedi Davidova.
Uning qoʻshimcha qilishicha, savollarda asosiy urgʻu bolaning u yoki bu fandan bilimini emas, balki shu bilimni qoʻllay olishi, mulohazasi va mantigʻini tekshirishga qaratilgan.
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tarkibidagi maktablar qabuliga bagʻishlangan tadbirda yangi ixtisoslashtirilgan maktablar kvotasi haqida ham maʼlum qilindi.
Agentlik rahbari Hilola Umarovaga koʻra, har bir sinfda 24 nafar oʻquvchi oʻqiydi, lekin har bir maktabda nechta sinf boʻlishi aniq belgilanmagan. Bu – tumandagi maktabning kvotasi va hududiy joylashuviga qarab belgilanadi.
Bu yil ixtisoslashtirilgan maktablarning har biriga kamida 336 nafar, koʻpi bilan 500dan ortiq oʻquvchi qabul qilish rejalashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q