Bugundan kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi

Saqlash
15:07 / 01.07.2022 921 0

Joriy yil 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari kasb.edu.uz elektron platformasi orqali 1iyul kunidan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

 

Platformaga:

 

- tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;

 

- 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

 

2022/2023-oʻquv yili uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻiga muvofiq 330 ta kasb-hunar maktabiga jami 78 ming 490 ta qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan, 75 470 ta oʻzbek, 930 ta rus va 2090 ta qoraqalpoq tili guruhlari uchun belgilangan.

 

Eslatib oʻtamiz, kasb-hunar maktablarida oʻqish toʻliq davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish