Oʻzbekistonda 8 ta institut va 2 ta universitet tashkil etildi

Saqlash
23:21 / 24.06.2022 1813 0

Prezident “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzolagan.

 

Unga koʻra:

 

  • Urganch davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti;
  • Namangan davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Namangan davlat pedagogika instituti;
  • Guliston davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Guliston davlat pedagogika instituti;
  • Samarqand davlat universitetining Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti negizida Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;
  • Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat pedagogika instituti;
  • Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Buxoro davlat pedagogika instituti;
  • Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Termiz davlat pedagogika instituti;
  • Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
  • Chirchiq davlat pedagogika instituti negizida Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
  • Jizzax davlat pedagogika instituti negizida Jizzax davlat pedagogika universiteti tashkil etiladi.

 

Qarorga muvofiq, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab:

 

  • pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik oʻquv mashgʻulotlari “4+2” tartibida, shu jumladan, darslarning 4 kuni OTMda, 2 kuni maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida amaliyot oʻtash tartibida olib boriladi;
  • har yili pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM ixtisoslik kafedralarining kamida 5 foiz professor-oʻqituvchilarini ushbu muassasalarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan xorijiy davlatlarga tanlov asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuborish choralari koʻriladi.

 

2023/2024 oʻquv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi. 1-ilovada koʻrsatilmagan pedagogika sohasidagi taʼlim yoʻnalishlariga sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqishga taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 256
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 58
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 93
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//