Ilm-fan
Bugun, 22-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Jahon adabiyoti va universal adabiyotshunoslik kafedrasi tomonidan tashkillashtirilgan “Sharqu Gʻarb Renessans adabiyoti: Navoiy va Shekspir” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanni universitet rektori Sh.S.Sirojiddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Unda respublikamizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi olimlari, shuningdek, Turkiya, Ozarboyjon, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlar univeritetlaridan yetuk mutaxassislar, tajribali olim va tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Konferensiyada Sharqu Gʻarb adabiyoti genezisi va umumnazariy muammolari, Navoiy va Shekspir ijodining poyetik o‘ziga xosligi, ijodiy universalligi, Gʻarb adabiyotida Sharq mavzusi talqinlari, Sharq va Gʻarb adabiyotini qiyosiy adabiyotshunoslik kontekstida o‘rganish, shuningdek, jahon xalqlari Renessans adabiyotiga oid eng dolzarb muammolar, jahon adabiyotshunosligi, adabiy tanqid tarixi singari dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Anjumanda o‘z ma’ruzalari, ilmiy-maqolalari bilan ishtirok etayotgan xalqaro va mahalliy olimlar, tadqiqotchilar tomonidan mavzu yuzasidan jahon tajribalari o‘rganildi va Uchinchi Renessansni bunyod etish muammolari xususida ham fikr yuritildi. Mazkur samarali harakatlar kelgusida Navoiy ijodi tahlili, tadqiqi va tarjimalariga oid xalqaro miqyosdagi ishlarning yanada jadallashuviga katta rag‘bat beradi.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q