Jamiyat
Hukumatning “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman va shaharlarda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari tashkil etiladi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan, nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yoshlarga esa yakka tartibdagi oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun 33 mln soʻmgacha garovsiz kredit “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining kafilligi ostida ajratiladi.
Bunda ariza beruvchi kafillik ajratishni soʻrab tijorat bankining Vasiylik kengashi nomiga kafillik berish haqidagi xatini taqdim etadi.
Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga yuboradi.
Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida kafillik berish yoki rad etish haqida xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda kafillik berishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.
Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida koʻrib chiqmasa yoki kafillik berishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining ijtimoiy himoyaga muhtojligini hamda uning murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiqligini oʻrgangan holda uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega boʻladi.
Murojaatni oʻrganish natijalariga koʻra, Vasiylik kengashi qaroriga asosan uch ish kuni ichida ariza beruvchiga kafillik berilishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q