Jamiyat
Surxondaryo viloyatida At-Termiziy University nomi ostida soxta universitet tashkil qilingani aniqlandi, deya xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti.
Qayd etilishicha, mazkur holat Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Mazkur universitetning Telegram-kanalidagi maʼlumotlarga koʻra, muassasa IT, boshlangʻich taʼlim, iqtisodiyot, tarix, pedagogika va psixologiya yoʻnalishlarida taʼlim berishga moʻljallangan. Qabul esa 10-mayga qadar imtihon va suhbat asosida oʻtkazilgani, 1−2 kurslar uchun kontrakt miqdori (sirtqi-onlayn) 8 mln 220 ming soʻm, (sirtqi) 9 mln 864 ming soʻm etib koʻrsatilgan.
Eʼtiborlisi, kanalning oʻzida universitet litsenziyaga ega emasligi, ruxsatnoma tez kunlarda olinishi qayd etilgan. Qolaversa, universitetda oʻqish tegishli litsenziya olingach boshlanishi haqida ham eʼlon berilgan.
Bosh prokuratura maʼlum qilishicha, M.J. va S.S. ismli shaxslar oʻzaro til biriktirib, “U.A.” MCHJni tashkil etib, soʻngra Telegram tarmogʻida At-Termiziy University xususiy universiteti kanalini ochishgani aytilmoqda.
“Faoliyat yuritishiga tegishli ruxsatnoma olinmagan universitetga oʻqishga qabul boshlanganligi haqida xabarlar berishadi. Ular ushbu universitetda oʻqish istagini bildirgan 73 nafar fuqaroning 306,9 mln soʻmini toʻlov pullari sifatida qabul qilib olganliklari aniqlandi”, deyiladi xabarda.
Gumondorlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q