
Jamiyat
Bugun Toshkent shahri Mirobod tumanidagi Fargʻona yoʻli koʻchasida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, chorshanba kuni soat 09:03da Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Toshkent shahar Mirobod tumani, Fargʻona yoʻli koʻchasida joylashgan Evos ovqatlanish oshxonasida yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Qutqaruvchilar yongʻin sodir boʻlgan joyga soat 09:12 da yetib borishgan. Voqea joyiga tuman FVB rahbar xodimlari va 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari jalb etilib, yongʻin 09:24 da qurshab olinib, 09:37 da oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida binoning taxminan 60 kvadrat metr maydonda tomi hamda oshxona jixozlari yongan, fuqarolarning tan jarohati olish va halok boʻlish xolatlari qayd etilmagan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q