Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida joylashgan Toʻpalang suv ombori toʻgʻoni suv qoʻyib yuborgani va atrofni suv bosgani toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlar tarqaldi.
“Oʻzbekgidroenergo” xabariga koʻra, hozirda Toʻpalang suv ombori qoshida barpo etilgan Toʻpalang GESda 2-komponent modernizatsiya loyihasi amalga oshirilayotgani munosabati bilan bosimli quvurda sinov ishlari oʻtkazilgan vaqtda bosim quvuri toʻsini orqali 40 kubometr suv chiqqan.
Qayd etilishicha, toʻgʻon bilan bogʻliq muammo mavjud emas. Xavotirga oʻrin yoʻq.
Ayni paytda ushbu nosozlik toʻliq bartaraf etildi. 40 kubometr suv toʻliqligicha kanalga yoʻnaltirildi.
“Yurtdoshlarimizdan turli mazmundagi asossiz xabarlarga ishonmaslikni, ortiqcha vahimaga berilmaslikni soʻraymiz”, deyiladi rasmiy maʼlumotda.
Bundan oldin Toʻpalang suv omboridan chiqayotgan suv keskin koʻtarilgani xabar qilingandi.
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
109649
Jamiyat
94032
Jamiyat
89800
Jamiyat
72960
Jamiyat
//
Izoh yo‘q