Sirdaryoda qishloq xoʻjaligi boʻlimi xodimi ishxonasida oʻz joniga qasd qildi

Saqlash
21:15 / 22.06.2022 767 0

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida qishloq xoʻjaligi boʻlimi xodimi ishxonasida oʻz joniga qasd qilib, vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, tumanning Qishloq xoʻjaligi boʻlimi yetakchi mutaxassisi vazifasida ishlab kelgan T.B. 13-iyun kuni oʻzi ishlab kelgan boʻlim maʼmuriy binosining ikkinchi qavatidagi boʻsh xonada oʻz oʻz joniga qasd qilgan. U ishi bilan bogʻliq boʻlmagan va hozirda aniqlik kiritilayotgan shaxsiy muammolari sabab xona eshigining toʻsiniga sirtmoq bilan boʻyin qismidan osib qoʻygan.

 

Hodisa joyi Boyovut tumani prokurori, tuman IIB boshligʻi, tuman IIB tezkor-tergov guruhi aʼzolari va tuman prokuraturasi tergovchisi tomonidan koʻzdan kechirilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//