O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi yana bir maxfiy tunnel topildi

Saqlash
20:11 / 08.06.2022 799 0

Qirgʻizistonning Oʻsh viloyatida joylashgan Qora-Suv tumanida hududni Oʻzbekiston bilan bogʻlaydigan ikkinchi yer osti tunneli topildi. Bu haqida qoʻshni davlat Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi matbuot markazi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 4-iyun kuni turar-joy binosidagi beton qoplamasi ostidan yashirin oʻtish joyi aniqlangan.

 

Aniqlanishicha, tunnelning chuqurligi 17,5 metr, kirish qismi balandligi 1,8 metr, kengligi 70-80 santimetr, uzunligi taxminan 155 metrni tashkil qiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, 20-may kuni Qorasuv tumanidagi Telman qishlogʻida 270 metrli ikki davlatni bogʻlovchi maxfiy tunnel topilgandi. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//