Ilm-fan
Avvalroq, maymun chechagi kasalligiga qarshi koʻrilayotgan epidemiologik chora-tadbirlarga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Unda Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov maymun chechagi haqida maʼlumot berdi.
«Tashvishga oʻrin yoʻq deyishimizning asosiy sabablaridan biri koronavirus boshlangan vaqtida biror-bir vaksina mavjud emas edi. Shuningdek, aniqroq davolash protokollari ham yoʻq edi. Hozirgi kunda aholimizning teng yarmida chin chechakka qarshi qabul qilingan emlanish natijasida immunitet bor. Yaʼni salkam 50 foiz aholimizda jamoaviy immunitet bor. Shuningdek, bu kasallikni davolash boʻyicha protokollar ham mavjud. Yana bir farqli jihati koronavirus oʻzining mutatsiyalari, oʻzgaruvchanligi bilan odamlarni juda chalgʻitdi.
Dunyo mamlakatlarida koronavirusning 10 minglab mutatsiyalari aniqlanganini qayd etildi. Koronavirus qoʻzgʻatuvchisidan farqli ravishda bu virus DNK tashuvchi virus hisoblanib, mutatsiya boʻlish ehtimoli juda past. Boʻlgan taqdirda ham bir necha yuzlab yil oʻtgandan soʻng mutatsiya sodir boʻlishi mumkin.
Maymun chechagi aksariyat, yaʼni 98 foiz holatda yengil kechadi. Markaziy Africa shtammi 90 foizgacha yengil oʻtadi. Bu kasallikka chalinganlarni 100 foiz statsionar sharoitda davolashga ehtiyoj yoʻq. Lekin kasallik avj olsa, ogʻir koʻrinishlarga olib kelsa buning uchun alohida shifo oʻrinlari zaxirasi tashkil etiladi. Kasallik kirib kelsa va unga shubha qilinsa ularni davolash uchun ambulatoriya va statsionar sharoitda davolash uchun alohida tibbiy protokollar mavjud», dedi Nurmat Otabekov.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q