Ichimlik suvi narxlari ham oshishi mumkin

Saqlash
02:59 / 28.05.2022 850 0

Ichimlik va oqova suv narxlari oshishi kutilyapti. Faqat bu elektr energiyasi narxlarining koʻtarilishiga bogʻliq.

 

Xabaringiz bor, avvalroq elektr energiyasi va gaz uchun toʻlovlar miqdori oshirilishi haqida gap-soʻzlar tarqalgandi. Moliya vazirligi ham buni inkor etmagandi.

 

Ichimlik va oqova suv xizmatlarini aholiga yetkazib berish uchun suv inshootlarida elektr energiyasi uzluksiz ishlashi kerak. Suv taʼminoti korxonalari oʻz hisobidan tok uchun ham pul toʻlaydilar.

 

Shundan xulosa qilish mumkinki, agar elektr energiyasi narxlari oshiriladigan boʻlsa, uning ortidan ichimlik va oqova suv xizmatlari miqdori ham koʻtariladi.

 

Eslatib oʻtamiz, ichimlik suvi narxlari oxirgi marta 2021-yil boshida oshirilgan, bunda har bir hududga aloohida tariflar belgilangan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//