Iqtisod
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya Vazirligi hamkorligida 29-30 sentyabr kunlari poytaxtimizda “O‘zbekiston: iqtisodiy islohotlar yutuqlari va ularning istiqbollari” mavzuida iqtisodiy forum bo‘lib o‘tadi.
Forumda qariyb 300 nafar kishi, jumladan O‘zbekiston hukumati vakillari, xalqaro biznes va moliya sohasi, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, nodavlat tashkilotlar vakillari va OAV xodimlari ishtirok etadi. Tadbirda mamlakatimizda so‘nggi besh yilda olib borilgan iqtisodiy islohotlar tajribasi tahlil qilinadi. Shuningdek, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun istiqbolli g‘oyalar ham muhokama qilinadi.
Anjumanning birinchi ish kuni yurtimiz iqtisodiyoti o‘sishining yangi rejalari va u bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlanadi. Unda mintaqaviy hamkorlik va inson kapitalini rivojlantirish, raqobatbardoshlikni ta’minlashda iqtisodiy shaffoflikning roli bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Ikkinchi ish kunida xususiylashtirish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, jahon ta’minot zanjirida O‘zbekistonning o‘rni va barqaror energetika kabi mavzular ishtirokchilarning e’tiboriga havola qilinadi.
Tadbir doirasida mutaxassislar makroiqtisodiy islohotlar, davlat korxonalari va banklarining transformasiyasi, kapital bozorini rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklik va xususiylashtirishni kengaytirish kabi muhim masalalar yuzasidan fikr almashadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q