Bu yil ilk bor joriy qilingan saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati qanday shakllantiriladi?

Saqlash
15:13 / 16.09.2021 992 0

Ma’lumki, parlament qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi, ya’ni davlatning qonunlarini qabul qilishda mutloq huquqqa ega bo‘ladi. Bugungi kunda parlament demokratik davlatlarning asosiy yutug‘i sifatida e’tirof etilsa-da, uning tarixi asrlar bilan o‘lchanadi.

Moziydan bilamizki, mustaqillikka erishgan har qanday mamlakat o‘zining parlamentini shakllantirishga, rivojlantirishga, shu orqali fuqarolarning ustuvor huquqlarini ta’minlashga va xalqning siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratadi. Bu – demokratik huquqiy davlatning eng muhim asoslaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun mamlakat mustaqilligini, xalq hokimiyatini parlamentsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Bugun mamlakatimizdagi ayni paytda kechayotgan eng muhim siyosiy jarayon —24 oktabr kuni o‘tkaziladigan Prezidentlik saylovi. Shu o‘rinda bu yilgi saylov har yilgidan qanday farq qiladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Joriy yil har galgi saylovlardan ko‘ra boshqacha o‘tkazilishiga urinishlar bo‘layotgani sir emas. Bunga bir misol — ilk bor joriy qilingan Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati deya e’tirof etilmoqda. Markaziy saylov komissiyasining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilar ro‘yxati uyma-uy yurib, xatlov o‘tkazish orqali shakllantiriladi. 2019 yil parlament saylovida amalga oshirilishi rejalashtirilgan, ammo amalga oshmagan SYaER ni shakllantirish bu yil qanday amalga oshirilishi mumkin, unga kerakli ma’lumotlar qaysi tashkilotlar tomonidan taqdim etiladi? MSK ma’lum qilishicha, ro‘yxatni shakllantirish uchun zarur ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiya taqdim etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro o‘zi biriktirilgan saylov uchastkasi, manzili (dislokatsiyasi)ga oid axborot bilan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini yoki pasport yoxud identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqamini kiritish yo‘li bilan Markaziy saylov komissiyasi rasmiy veb-sayti orqali tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatida bo‘lmaganda yoki uning saylov uchastkasi mos kelmagan taqdirda, fuqaro uchastka saylov komissiyasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi bo‘yicha ariza bilan yozma yoki Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda murojaat qilish huquqiga ega.

Saylov jarayonlarini kuzatishda davom etamiz.

 

Oyina.uz

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//