Oʻzbekistonlik ayrim yoshlar Moskva davlat universitetiga imtiyoz asosida oʻqishga qabul qilinadi

Saqlash
19:05 / 19.05.2022 686 0

56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi gʻoliblari Moskva davlat universitetiga imtiyoz asosida oʻqishga qabul qilinadi. Bu haqida Prezident taʼlim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova maʼlumot berdi.

 

Olimpiada tartibiga koʻra, jami ishtirokchilarning 10 foiziga oltin, 20 foiziga kumush va 30 foiziga bronza medallari taqdim etiladi.

 

Oʻzbekiston terma jamoasidan ishtirok etgan oʻquvchilarning 10 nafari medallarga sazovor boʻlishdi: 1 nafar oʻquvchi oltin medal, 4 nafari kumush medal va 5 nafari bronza medal sohiblari boʻlishdi.

 

56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining gʻoliblariga DTM tomonidan kimyo fanidan kirish imtihonlarida maksimum ball beriladi. Bundan tashqari Moskva davlat universiteti sovrindorlarni imtiyoz asosida oʻqishga qabul qilishi koʻzda tutilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish