Siyosat
Farg‘ona davlat universitetida Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O‘zbekiston strategiyasi" asari taqdimotiga bag‘ishlangan "Yangi O‘zbekiston strategiyasi" – milliy taraqqiyotimiz istiqboli" mavzusidagi davra suhbati o'tkazildi.
Talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar, turli tashkilot va muassasalar mas’ullari, viloyat va shahar hokimligi vakillari ishtirok etgan tadbir Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodir Shermuhammadov ochib berdi.
– "Yangi O‘zbekiston strategiyasi" asari mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyotimizning istiqbollari haqidagi muhim manbadir. Ushbu kitob xalqimizning Yangi Uyg‘onish davri asoslarini yaratish bilan bog‘liq ezgu orzu-intilishlari, ularni amalga oshirish borasidagi eng muhim vazifalarni atroflicha tahlil etishga xizmat qiladi, – dedi universitet rektori.
Taqdimotda so‘zga chiqqanlar Prezident asari o‘zida yaqin va o‘rta istiqboldagi Yangi O‘zbekiston qiyofasini aks ettirganiga alohida urg‘u berishdi. Malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan kitobning «Yangi O‘zbekiston strategiyasi», «Xalqparvar davlat», «Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish», «Adolatli ijtimoiy siyosat», «Ma’naviy taraqqiyot», «Xavfsizlik va tashqi siyosat», «O‘zbekiston va umumbashariy muammolar» nomli 7 ta bo‘limi sharhlab berildi.
Davlatimiz rahbarining yangi kitobidan o‘rin olgan "Biz Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida islohotlarimizning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan jamiyatimiz a’zolarining bor bilim va salohiyati, kuch va imkoniyatlarini, butun azmi-shijoatimizni ishga solishimiz zarur. Shundagina Yangi O‘zbekiston jahon maydonida kuchli salohiyat, munosib obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan, har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylanadi", degan so‘zlari butun xalqimiz, xususan, kelajak bunyodkorlari bo‘lgan yosh avlod ong-u tafakkurini boyitish, "Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat" konsepsiyasi haqidagi mulohazalar alohida ahamiyatli bo‘ldi.
Tadbir doirasida tashkil etilgan Prezident asarlari ko‘rgazmasi, ayniqsa, gavjum bo‘ldi. E’tirof etish kerakki, Farg‘ona davlat universiteti yoshlarni har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyatli va ilmiy salohiyatli avlod etib tarbiyalash borasida o‘zining samarali tizimiga ega. Kuni kecha O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining X syezdida davlatimiz rahbari tomonidan ilk marotaba taqdim etilgan "Yangi O‘zbekiston strategiyasi" kitobi mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan bugungi tadbir ham buning yaqqol namunasidir. Kitobda alohida urg‘u berilgan "Aniq maqsad, tolmas iroda va doimiy izlanish" tamoyili oliygoh yoshlarining yangi-yangi ilmiy muvaffaqiyatlarga yetaklovchi muhim shiori bo‘lib xizmat qiladi.
Universitet bo‘ylab "Yangi O‘zbekiston strategiyasi" kitobi taqdimoti va targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar davom etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q