Xivada xalqaro madaniyat forumi davom etmoqda

Saqlash
12:09 / 15.09.2021 940 0

 Madaniy meros haftaligi doirasida 14-15 sentyabr kunlari Xiva shahrida «Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida» xalqaro madaniyat forumi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti va hukumati qo‘llab-quvvatlashi bilan o‘tkazilayotgan Madaniy meros haftaligi O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan tashkillashtirilgan, UNESCO, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, «Eriell Group» neft servis kompaniyasi ko‘magi bilan o‘tkazilyapti.

Forumda Shavkat Mirziyoyevning ishtirokchilarga yo‘llagan maktubini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov o‘qib eshittirdi. 

 Forum quyidagi 4 ta seksiyadan iborat:

1. «Markaziy Osiyo merosining rivojlanishida savdo, ilmiy va amaliy almashinuvlar hissasi»;

2. «Markaziy Osiyo madaniy va ilmiy merosining zamonaviy ijtimoiy va gumanitar fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi»;

3. «Markaziy Osiyo Madaniy merosi – mintaqada muloqot va hamkorlik uchun mustahkam asos»;

4. COVID-19 pandemiyasining Markaziy Osiyo barqaror rivojlanishiga ko‘rsatuvchi ta’siriga qarshi kurashishda ijtimoiy va gumanitar fanlar orqali hamkorlik qilish va tajriba almashish.

Forum doirasida bir qator tadbirlar, fotoko‘rgazma, galakonsertlar uyushtirilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish