Eng ko‘p sanoat korxonalariga ega hududlar ma’lum qilindi

Saqlash
14:26 / 14.09.2021 1028 0

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-sentyabr holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 92 033 tani tashkil etmoqda.

2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 17,6 % ga oshgan.

Mamlakatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) korxonalarning 17,4 foiz (92 033 ta) ulushini sanoat korxonalari tashkil etib, shundan kichik biznes sub’yektlari soni 91 188 tani tashkil etgan.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni:
Toshkent shahri – 16 705 ta
Farg‘ona viloyati – 10 106 ta
Toshkent viloyati – 9 422 ta
Andijon viloyati – 9 401 ta
Samarqand viloyati – 8 060 ta
Namangan viloyati – 7 274 ta
Buxoro viloyati – 4 826 ta
Qashqadaryo viloyati – 4 760 ta
Surxondaryo viloyati – 4 554 ta
Xorazm viloyati – 4 110 ta
Jizzax viloyati – 3 810 ta
Navoiy viloyati – 3 489 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 3 255 ta
Sirdaryo viloyati – 2 261 ta

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//