Siyosat
Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afgʻoniston havo makonini buzib oʻtgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Mudofaa vazirligi mazkur xabarlar yuzasidan bayonot berdi.
«Bu kabi tarqatilayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Harbiy-havo kuchlari tomonidan qoʻshni davlatlar havo makonini buzish holatlari boʻlmagan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari qoʻshni davlatlar aviatsiyasi tomonidan mamlakatimiz havo makonining buzilish holatlarini qayd etmagan», deyiladi vazirlik xabarida.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining uchuvchisiz boshqariladigan, qiruvchi va ishgʻol aviatsiyasi qatʼiy belgilangan tartibda jangovar navbatchilik oʻtamoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
111738
Jamiyat
94658
Jamiyat
90650
Jamiyat
75225
Jamiyat
//
Izoh yo‘q