Yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi

Saqlash
19:34 / 13.09.2021 1018 0

Hozirgina Toshkent xalqaro aeroportiga 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi yuklangan samolyot kelib qo‘ndi, deya xabar bermoqda SSV. Avvalroq yurtimizdagi vaksinasiya jarayonlarida foydalanish uchun yangi turdagi vaksina olib kelinishi haqida xabar bergan edik.

Ayni paytda O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, "Sputnik V" va Moderna vaksilaridan foydalanilmoqda. Pfizer/BioNTech vaksinasi yurtimizga qo‘llanilayotgan 5-vaksina bo‘ldi.

Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 24 002 540 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

1 342 480  dozasi AstraZeneca,

18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,

460 000 dozasi "Sputnik V",

3 000 060 dozasi Moderna,

1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 16 861 167 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar 3 121 019 nafarni tashkil qilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//