Siyosat
Ijtimoiy tarmoqlarda tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlari faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi xabarlar tarqaldi. Maktabgacha taʼlim vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, vazirlikka Prezident administratsiyasi tomonidan tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlari faoliyatini tugatish hamda boshqa masalalarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish topshirigʻi berilgan. Ayni paytda vazirlik har tomonlama tahlil oʻtkazish va tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlarini optimallashtirish boʻyicha masʼul boshqarma va idoralardan, jumladan, hududiy boshqarmalardan takliflarni yigʻish, shuningdek, Moliya vazirligi bilan hamkorlikda barcha mexanizmlarni batafsil ishlab chiqishni rejalashtirilgan.
Bugungi kunda qaror loyihasi ishlab chiqilish jarayonining endi boshlanganini inobatga olib, tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlari qanday oʻzgarishi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud emas.
MTV tuman boʻlimlarini optimallashtirishda barcha xodimlarning, butun tizimning manfaatlari, shuningdek, har bir hududning alohida oʻziga xos xususiyatlari inobatga olinishini kafolatlaydi. Ushbu yoʻnalishdagi ilgʻor jahon tajribasi ham qaror loyihasini ishlab chiquvchilar tomonidan hisobga olinadi. Bundan tashqari, amaliyotda, har qanday takliflar hududlardan birida tajriba-sinov tariqasida oʻtkazilgandan keyin respublika miqyosida joriy etiladi.
Tuman boʻlimlarini optimallashtirish natijasida joylarda yanada samarali boshqaruv tizimi tuzilib, maktabgacha taʼlim tizimida sifatni oshirish va korrupsiya omillarini kamaytirishga qaratiladi. Bu qadam 2022—2026-yillarga moʻljallangan Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va 2017-yilda qabul qilingan Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq boʻlib maʼmuriy islohotlarning bir qismi hisoblanadi.
“Mavjud tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlari oʻrniga paydo boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday mahalliy boshqaruv shakllarining ish mexanizmlari, tuzilishi va vazifalari toʻgʻrisida aniqroq tushunchaga ega boʻlmaguncha, shoshilinch xulosalar qilmaslikka chaqiramiz”, deyiladi vazirlik munosabatida.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q