Siyosat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarshi tumanining sobiq hokimi ayblanib, qamoqqa olinganligi” haqida tarqatilgan maʼlumotlar — yolgʻon, deya holatga oydinlik kiritdi Qashqadaryo viloyat prokuraturasi.
Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan 4 mlrd 198 mln soʻm miqdoridagi subsidiya mablagʻlari talon-toroj qilinganligi holati boʻyicha tuman hokimi sobiq oʻrinbosari, qishloq xoʻjaligi va irrigatsiya boʻlimlari boshliqlari — jami 3 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 167, 209-moddalari bilan ayblanib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Mazkur jinoyat ishi boʻyicha Qarshi tumanining sobiq hokimi M.Mustafoyeva ayblanuvchi sifatida jalb qilinmagan.
“Ayrim shaxslar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda sobiq hokim "jinoiy ish doirasida aybdor deb topilib, qamoqqa olinganligi haqida” yolgʻon maʼlumotlar tarqatilmoqda. Aholi orasida yolgʻon va haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish tegishli javobgarlikni keltirib chiqarishi haqida ogohlantiramiz", deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q