Jamiyat
Koronavirus pandemiyasi hali toʻliq chekinmaganini hisobga olib, yurtimiz aholisining kasallikka qarshi immunitetini oshirish maqsadida har bir fuqaro buster doza bilan emlanishi lozim.
Qayd etilishicha, buster doza koronavirus infeksiyasiga qarshi toʻliq emlangan fuqarolarning immunitetini mustahkamlash maqsadida 6 oydan soʻng yana qaytadan oladigan bir dozalik vaksina hisoblanadi.
Fuqaro emlash punktida buster dozani vaksinaning har qanday turidan foydalangan holda olishi mumkin. Yaʼni u avval qabul qilingan vaksina bilan bir xil turda boʻlishi shart emas.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 3 ming 134 ta koronavirusga qarshi emlash punkti hamda 862 ta harakatdagi brigada faoliyat koʻrsatmoqda. Buster doza olmoqchi boʻlgan aholi vakillari yurtimizdagi barcha davolash-profilaktika muassasalarining emlash punktlariga murojaat qilishi mumkin.
Maʼlumot uchun, joriy yilning 29-aprel sanasiga qadar mamlakatimiz boʻylab COVID-19ga qarshi 3-bosqich va buster doza bilan emlash koʻrsatkichi 15 million 278 ming 173 dozani tashkil qildi.
Buster doza olganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar emlash.uz platformasi orqali bazaga kiritilgach, fuqaroning emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatida oʻz aksini topadi.
Eslatib oʻtamiz, ayni paytda mamlakatimizda AstraZeneca, ZF-UZ-VAC2001, Sputnik V, Moderna, Pfizer/BioNTech, Sinovac, Sputnik Lightdan iborat 7 turdagi 11,5 million doza vaksina zaxirasi mavjud.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q