Jamiyat
Maʼlumki, Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan 5-may sanasiga qadar ketma-ket dam olish kunlari belgilandi.
Shundan kelib chiqqan holda, bayram va qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarda mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligida shtab tashkil etildi. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bayram va qoʻshimcha dam olish kunlarida quyidagi davolash-profilaktika muassasalarida 40 ming nafar tibbiyot tizimi xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatadi:
- 1010 ta oilaviy poliklinika,
- 858 ta oilaviy shifokor punkti,
- tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar,
- ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
- tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari.
Shuningdek:
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 180 ta aholi punktida joylashgan subfiliallarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan taʼminlanib, zaxira oʻrinlari yaratilgan.
Mamlakatimiz boʻylab 2700ga yaqin tez tibbiy yordam brigadasi aholidan boʻladigan chaqiriqlar uchun doimo shay holatda.
Bundan tashqari, 218 ta tugʻruq, 238 ta bolalar davolash muassasalari ham uzluksiz ish olib boradi.
Sanitariya-epidemiolologiya xizmatining markaziy apparati va hududlardagi 14 ta boshqarma hamda 203 ta aholi punktida joylashgan boʻlimlarida ham 24 soat davomida 200 nafardan ziyod navbatchi shifokor, qariyb 200 nafarga yaqin vrach-laborant va yordamchi xodimlar oʻz faoliyatini davom ettiradi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q