Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Mirobod tumanidagi bogʻchalardan birida oʻttiz nafarga yaqin bola ovqatdan zaharlanib, davolanayotgani haqida lavha eʼlon qilingan. Maktabgacha taʼlim vazirligi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
“Hozirgi kunga qadar, 2022-yil 30-aprel kuniga davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar orasida hech qanday zaharlanish hamda kasallangan tarbiyalanuvchilar mavjud emasligini maʼlum qilamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Maʼlumot uchun, Mirobod tumani tasarrufida 50 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgan boʻlib, shundan 27 tasi davlat 23 ta nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadi. Tumanda faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha taʼlimi tashkilotlariga qamrab olingan bolalar soni jami 8477 nafar, shundan 6627 nafari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga, 1850 nafari nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q