Jamiyat
Toshkent hayvonot bogʻida onasi bilan aylanib yurgan qizaloq begemot voleri yaqinidagi toʻsiqdan oʻtib, hayvonga tosh va choʻplar uloqtirdi. Ushbu holat aks etgan videoni hayvonot bogʻi axborot xizmati eʼlon qildi.
«Kuni kecha yonida katta odam bor qizaloq Judining voleriga tosh va choʻplar otgan, voler ichiga kirib olib, ovqat bergandek aldagan.
Bunday qilish mutlaqo mumkin emas! Birinchidan, Judi — hayvonot bogʻimizning eng keksa jonivorlaridan biri va biz uni juda yaxshi koʻramiz. U begemotlarning qimmatli, yoʻq boʻlib ketayotgan turiga mansub. Ularning soni Yer kurrasida juda oz qoldi va dunyoning hamma hayvonot bogʻlari ham ularda pakana begemot yashashi bilan maqtana olmaydi.
Bundan tashqari, volerga oʻz vaqtida yetib kelgan xodimlarimiz boʻlmaganda, bu vaziyat qanday tugashi nomaʼlum boʻlardi.
Aziz doʻstlar, jonivorlarimiz sogʻ-salomatligiga eʼtiborliroq munosabatda boʻling va hayvonot bogʻida oʻzini tutish qoidalarini buzmang! Aksincha, odamlar noyob pakana begemotlarni saqlab qolish uchun qoʻlidan kelgancha urinishi kerak», deyiladi bogʻ axborot xizmati xabarida.
Sport
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
112417
Jamiyat
95075
Jamiyat
91291
Jamiyat
75991
Jamiyat
//
Izoh yo‘q