Jamiyat
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezident saylovida ishtirok etish uchun talabalarga qo‘shimcha imkoniyat yaratildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, doimiy yashash hududidan olisda tahsil oladigan talabalar endilikda saylovlarda ovoz berish uchun o‘z saylov uchastkasini o‘zgartirib, vaqtincha yashab turgan manzilidagi saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin. Buning uchun ular avval «saylov.uz» saytining «Xizmatlar» rukni orqali shaxsiy ma’lumotlarini kiritib, o‘z saylov uchastkasini aniqlashi kerak.
Qayd etilishicha, shundan so‘ng yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali vaqtincha yashab turgan manzilida joylashgan saylov uchastkasidan ovoz berish maqsadida uchastkani o‘zgartirish uchun murojaat yo‘llashi lozim. Ta’kidlanishicha, murojaatlar 1 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Avvalroq talabalar turar joyini saqlash va ekspluatasiya qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar xususiy sherik hisobidan qoplanishi haqida xabar bergan edik.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q