Jamiyat
Ramazon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan poytaxtdagi qator koʻchalar 1-may soat 24:00 dan 2-may 7:00 ga qadar transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqida Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Vaqtincha yopiladigan koʻchalar:
Olmazor tumani:
“Imom Buxoriy” masjidi oldidagi Chimboy koʻchasi – Forobiy – Chimboy koʻchalari chorrahasidan Chimboy – KXAY chorrahasigacha.
“Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy koʻchasi – Qorasaroy – Qodiriy koʻchalari chorrahasidan Qorasaroy – Nurafshon koʻchalari chorrahasigacha
Shayxontohur tumani:
“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Uygʻur koʻchasi – Nurafshon – Uygʻur koʻchalari chorrahasidan Uygʻur – Beshqayragʻoch koʻchalari chorrahasigacha.
“Kox-ota” masjidi oldidagi Sebzor koʻchasi – Nurafshon – Sebzor koʻchalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak koʻchalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
«Ubay ibn Kaʼb» Al-Xorazmiy masjidi oldidagi Al-Xorazmiy koʻchasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.
«Katta Qozirabod» masjidi oldidagi Chilonzor koʻchasi – Chilonzor – Choʻponota koʻchalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon chorrahasigacha.
“Shayx” masjidi oldidagi Soʻgalli ota koʻchasi – Al-Xorazmiy – Soʻgalli ota koʻchalari kesishmasidan Xonabod 2-berk koʻchasidan – Soʻgalli ota koʻchasigacha.
Uchtepa tumani:
«Abdullox ibn Maʼsud» masjidi oldidagi Lutfiy koʻchasi – Lutfiy – Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qani koʻchalari chorrahasigacha.
“Hazrati Umar” masjidi oldidagi Nazarbek koʻchasi – Nazarbek – Yu.Sakkokiy koʻchalari chorrahasidan Nazarbek –Uygʻur chorrahasigacha.
Yunusobod tumani:
“Minor” masjidi oldidagi KXAY koʻchasi – KXAY va Koʻrgazma koʻchalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov koʻchalari chorrahasigacha.
«Mirzo Yusup» masjidi oldidagi Bogʻishamol koʻchasi – A.Temur – Bogʻishamol koʻchasidan Bogʻishamol – Bodomzor chorrahasigacha.
Yakkasaroy tumani:
«Usmon bin Magʻzun» masjidi oldidagi KXAY koʻchasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Choʻlponota chorrahasigacha.
Yashnobod tumani:
“Islom ota” masjidi oldidagi Fargʻona yoʻli koʻchasi – Fargʻona yoʻli – Fitrat koʻchalari chorrahasidan Fargʻona yoʻli – Tolimarjon koʻchalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani:
“Qoʻyliq ota” masjidi oldidagi TXAY koʻchasi – Qoʻyliq bozori koʻprik ostidan TXAY va Munis chorrahasigacha.
Sergeli tumani:
«Kuddusi Sharif» masjidi oldidagi Qipchok koʻchasi - Yangi Sergeli - Qipchok chorrahasidan Qipchok - Xonobod chorrahasigacha
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q