Jamiyat
Oʻzbekistonning Afgʻoniston va Tojikiston bilan chegarada joylashgan Surxondaryo viloyatida 23,5 kg narkotik musodara qilindi. Bu haqida Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida tojikistonlik narkokuryer tomonidan Sariosiyo tumaniga oʻtkazilib, xufiyona joyga yashirib ketilgan 7 kg 969 gr. “gashish” moddasini olib, kelgusida Fargʻona vodiysidagi jinoiy sheriklariga sotishni rejalashtirgan, Qoʻqon shahrida yashovchi, 1980-y.t. shaxs qoʻlga olingan.
Termiz shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa 1978-yilda tugʻilgan muqaddam giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan mahalliy fuqaro Tojikistondan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan 5 kg 83 gr. “opiy” va 896 gr. “gashish” moddalarini sotayotgan vaqtida qoʻlga olingan.
1992-yilda tugʻilgan Afgʻoniston fuqarosi chamodanga xufiyona joylashtirilgan 3 kg 884 gr. “opiy” moddasini kelgusida sotish maqsadida bojxona koʻrigidan yashirincha oʻtkazib, Termiz shahriga olib kelgan vaqtida ushlangan.
Termiz tumanida qayd etilgan holatda boʻlsa Denov tumanida yashovchi, 1987 va 1998-yillarda tugʻilgan 2 fuqaro xaridorga 997 gr. “opiy” moddasini 2 ming AQSH dollari hamda 40 mln. soʻmga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan. Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan keltirilgan ushbu narkotikning egasi, Denov tumanida yashovchi, 1999-y.t. shaxs ham ushlangan.
Shuningdek, afgʻonistonlik narkosavdogarlar tomonidan berib yuborilgan 730 gr. “opiy” va 3 kg 953 gr. “gashish” moddalarini Termiz shahrida qabul qilib olgan vaqtida Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir tumanida yashovchi, 1965-y.t., muqaddam sodir etgan narkojinoyati uchun sudlangan shaxs ham qoʻlga olingan.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 10 kg 694 gr. “opiy” va 12 kg 818 gr. “gashish” giyohvandlik vositalari musodara qilingan.
Qayd etilishicha, hozirda barcha holatlar yuzasidan DXX Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q