58 ta vagon! Oʻzbekiston yuborgan insonparvarlik yordami Afgʻonistonga yetkazildi

Saqlash
04:45 / 01.05.2022 794 0

Oʻzbekiston Respublikasining afgʻon xalqi uchun yuborgan insonparvarlik yordami yuklari ortilgan ezgulik poyezdi Afgʻonistonga yetib bordi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlumot uchun, 58 ta vagonga ortilgan yordam yuki Termiz shahridagi “Ayritom” chegara oʻtkazish punkti orqali joʻnatilgan. Insonparvarlik yordami Balx viloyatining Xayraton shahriga yetkazilgan.

 

Shu munosabat bilan bu yerda Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov, Afgʻoniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihullo Mujohid, Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamza va boshqa rasmiylar ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi oʻtkazilmoqda.

 

Afgʻonistonga yuborilgan insonparvarlik yordami tarkibida quyidagilar oʻrin olgan:

 

16 ta vagonda 1000 tonna un mahsuloti;
5 ta vagonda guruch mahsuloti
1 ta vagonda 12 ming dona ikra;
1 ta vagonda 9679 quti shokolad, pechenye;
1 ta vagonda 16 156 banka murabbo;
1 ta vagonda 70 000 qadoqda dori-darmon;
1 ta vagonda 100 ming dona vaksina, 100 ming dona kovid-test, 20 ming dona kiyim-kechak, 10 tonna yogʻ;
2 ta vagonda 6600 quti lapsha mahsuloti;
1 ta vagonda 103 716 dona dori-darmon;
29 ta vagonda 2000 tonna bugʻdoy.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//