Jamiyat
Siyosat
Ramazon hayiti arafasida Prezident adashib jinoyatga qoʻl urgan, lekin aybini chuqur anglab, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 65 nafar fuqaroni afv etish boʻyicha farmonni imzoladi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Mutasaddilarga ushbu fuqarolar bayramni oʻz uyida, yaqinlari bagʻrida kutib olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish boʻyicha topshiriq berilgan.
“Ramazon oyi – saxiylik, mehr-oqibat va bagʻrikenglik oyidir. Bu qutlugʻ ayyomda mehr-shafqatli, kechirimli boʻlish hammamiz uchun ham farz, ham qarz”, dedi davlatimiz rahbari.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari oldiga bayram yuqori saviyada oʻtishini taʼminlash vazifasi qoʻyilgan.
“Ulugʻ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, odamlarning dardiga darmon boʻlish – insoniylikning oliy namunasi ekanini unutmasligimiz, bunday ezgu ish uslubi bizning nafaqat xizmat vazifamiz, shu bilan birga, vijdoniy burchimizga aylanishi kerak”, dedi Prezident soʻzining yakunida.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q