Nodavlat oliygohlarda ham yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalarga 10 million soʻmdan ajratish amaliyoti joriy etiladi

Saqlash
21:30 / 29.04.2022 823 0

Prezident raisligida o'tkazilayotgan yigʻilishda oilaviy bolalar uylarini qoʻllab-quvvatlash masalasi koʻrib chiqildi.

 

Ularga byudjetdan mablagʻ ajratish tartibi soddalashtirilishi taʼkidlandi. Yaʼni, kundalik xarajatlarni qoplash uchun mablagʻ ota-onalarning shaxsiy plastik kartasiga oʻtkaziladi.

 

Shuningdek, oilaviy bolalar uylarining kommunal toʻlovlari aholi uchun belgilangan tariflarda olinadi.

 

Bundan tashqari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalarga oziq-ovqat va kiyim-kechak xaridi uchun 10 million soʻmdan ajratish amaliyoti nodavlat oliygohlarda ham joriy etiladi.

 

Umuman, 376 ta mehribonlik, saxovat va muruvvat uylari, maxsus maktab-internatlarni taʼmirlash va jihozlash boʻyicha 600 milliard soʻmlik alohida dastur qabul qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//