Siyosat
1-iyundan boshlab urush qatnashchilari va nogironligi boʻlgan shaxslar, yolgʻiz keksalarga har oyda oziq-ovqat va gigiyena vositalari xaridi uchun ularning pensiya va nafaqalariga 270 ming soʻm miqdorida ustama tayinlanadi.
Bundan tashqari, ularga kiyim-kechak xaridi uchun har yili 4 million soʻmdan kompensatsiya toʻlash tartibini joriy etiladi.
Bunga qoʻshimcha ravishda, Prezident tomonidan viloyat, tuman va shahar hokimlariga mahalliy byudjetlar, “daftarlar” jamgʻarmalari va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bu savobli ishlarning qamrovini kengaytirish topshirildi.
Prezident yigʻilishda nogironligi boʻlgan ehtiyojmand aholini qoʻllab-quvvatlash tizimi yanada kengaytirilishini taʼkidladi. Jumladan:
- 1-maydan boshlab nogironligi boʻlgan fuqarolarni ishga olgan korxonalarga 6 oy davomida har bir bunday xodimi uchun 400 ming soʻmdan subsidiya beriladi;
- oʻzini oʻzi band qilgan va hunarmandchilik bilan shugʻullanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratiladi, ular kasb-hunarlarga davlat hisobidan oʻqitiladi.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
113280
Jamiyat
95998
Jamiyat
93278
Jamiyat
77263
Jamiyat
//
Izoh yo‘q