Ilm-fan
Kecha, 27-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘limi, Yosh filolog olimlar kengashi tomonidan “Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Konferensiya tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi sho‘balari bo‘yicha ish olib bordi. Unda 300 ga yaqin yoshlar ichidan saralab olingan 85 nafar iqtidorli yosh tadqiqotchilar qatnashdi.
Konferensiyada universitetning Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori Zaynobiddin Abdirashidov, Adliya vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shahnoza Soatova, O‘zFA Milliy arxeologiya markazi kichik ilmiy xodimi, bloger, tilshunos Eldor Asanov va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibasi M.Uzoqova so‘zga chiqdi.
Anjumanda talabalar, magistrantlar, yosh tadqiqotchilarning ham ma’ruzalari tinglandi. Tadbirning keyingi qismi sho‘balarda davom etdi. Unda tadqiqotchilar o‘z ma’ruzalarining xulosalarini bayon etdilar. Sho‘ba moderatorlari tomonidan yosh tadqiqotchilarning maqolalari orasidan “Eng dolzarb mavzudagi maqola”, “Eng yaxshi ilmiy asoslangan maqola”, “Eng tirishqoq yosh mutaxassis” yo‘nalishlarida e’tirof etilgan talabalar alohida sertifikat bilan taqdirlandi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q