Siyosat
Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm sohasini yanada rivojlantirish, ichki turizm bozorini kengaytirish, turizm obyektlarini koʻpaytirish hamda muzeylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik.
Unda turizm vaziri, uning yangi tayinlangan oʻrinbosarlari, viloyat hokimlari va turizm boʻyicha muovinlari oldidagi eng ustuvor vazifalardan biri - turizm sohasida pandemiyagacha boʻlgan koʻrsatkichlarni tiklash ekani taʼkidlandi.
Turizm va unga turdosh sohalarda kamida 200 mingta yangi ish oʻrinlari yaratish vazifasi qoʻyildi.
Buning uchun yil yakuniga qadar har bir viloyatda turistlar uchun jozibador boʻlgan kamida 20 million dollarlik 1 tadan yirik loyihani boshlash zarur.
Misol uchun, Namanganda ishga tushirilgan “Afsonalar vodiysi”, Boʻstonliqda «Amirsoy majmuasi»da ham bolalar uchun, ham kattalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan boʻlib, kuniga minglab xorijiy va mahalliy turistlar kelmoqda.
Bunday yirik loyihalarni qoʻshni davlatlar uchun qulay boʻlgan Andijon, Toshkent viloyati, Qashqadaryo va Xorazmda barpo etish uchun barcha imkoniyatlar yetarli.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
113280
Jamiyat
95998
Jamiyat
93278
Jamiyat
77263
Jamiyat
//
Izoh yo‘q