Berdaq hayotiga bag‘ishlangan hujjatli film suratga olindi

Saqlash
16:22 / 12.09.2021 1097 0

 Adiblar xiyobonida o‘zbek va qoraqalpoq shoiri Berdaq haqida «Amu sohili kuychisi» nomli hujjatli filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xabar.uz yozmoqda.

Dastlab Kinematografiya agentligi va Toshkent pediateriya tibbiyot universiteti tomonidan Berdaq hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilib shoir hayot va ijod yo‘liga nazar solindi. Ijodkor butun umri davomida o‘z yurtdoshlarini ilm-ma’rifatga, birdamlikka, hamjihatlikka da’vat etdi. Mardlik jasorat, matonatni targ‘ib qildi. Aynan shu xislatlar kinokartinada yaqqol o‘z aksini topgan.

Mazkur hujjatli film ssenariy muallifi Kengesbay Karimov, rejissyor Bektileu Nizamatdinov, operator Asenbay Asqarov, kartina direktori Baxtiyar Madiyarov.

Tadbir davomida Kinematografiya agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Shuxrat Rizayev so‘zga chiqib qoraqalpoq va o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondasi Berdaq siymosi yaqqol ochib berilganligini ta’kidladi va film ijodkorlariga agentlik nomidan o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

Namoyishlar 28 sentyabrdan 3 oktyabrgacha bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//