Madaniyat
UNESCO Umumjahon merosi markazi tomonidan 2020-yilning oktyabr oyida jahon bo‘ylab madaniy meros obyektlarini saqlash va restavratsiya qilish maqsadida qiymati 30 ming AQSH dollariga teng xalqaro grant dasturi e’lon qilingan edi.
Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan Buxoro shahridagi "Abdullaxon" madrasasini qisman joriy ta’mirlash maqsadida ushbu grant dasturi uchun tegishli hujjatlar tayyorlanib, o‘rnatilgan tartibda UNESCOning Umumjahon merosi markaziga taqdim etildi. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.
– UNESCOning Umumjahon merosi markaziga taqdim etilgan minglab loyihalar orasidan Buxoro shahridagi "Abdullaxon" madrasasini saqlash va restavratsiya qilish loyihasi g‘olib deb topildi, – deydi Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Mahmudov. – 30 ming AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni ajratish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilindi. Jalb etilgan mablag‘lar UNESCOning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda madrasaning qulab tushgan qismini qayta tiklash xarajatlarini qoplash uchun sarflanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q