Sherzod Qudbiyevga yana bir vazifa yuklandi

Saqlash
18:27 / 23.04.2022 966 0

Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Davlatovich Qudbiyevga Fiskal institut rektori vazifasini bajarish yuklatildi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingan.

 

Maʼlumot uchun, Sherzod Qudbiyev 1981-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 2003-yilda Fargʻona politexnika institutini tamomlagan.

 

2016 – 2018-yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumaniga hokimlik qilgan. 2018 – 2020-yillarda Mehnat vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-yil avgust oyi oxirida Prezidentning maslahatchisi etib tayinlangan. 2020-yildan boshlab Davlat soliq qoʻmitasiga raislik qilib kelmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//