Jamiyat
Andijondagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan 4 yoshli bola kun tartibidagi uyqu vaqtida olamdan oʻtgan. Bu haqida Maktabgacha taʼlim vazirligi rasmiy maʼlumot berdi.
Kecha soat 14:00dan 15:00ga qadar boʻlgan oraliqdagi vaqtda Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumanidagi 31-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan 4 yoshli L.X. maktabgacha taʼlim tashkilotining kun tartibidagi uyqu vaqtida uxlayotganda olamdan oʻtgan.
Qayd etilishicha, tashkilot hamshirasining maʼlum qilishicha, ertalabki qabul jarayonida tarbiyalanuvchi L.X.da hech qanday kasallik alomatlari kuzatilmagan.
Kun tartibidagi uyqu vaqtida har doimgidek bolalar uyquga yotqizilgan va tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchilarni uyqudan uygʻonishganda bola oʻrnidan turmagan va darhol tez yordamga murojaat qilingan hamda tibbiyot xodimlari tomonidan tarbiyalanuvchi tibbiy nazoratdan oʻtkazilgan. Natijada bola uyqu vaqtida olamdan oʻtganligi maʼlum boʻlgan.
Hozirgi kunda huquq-tartibot organlari tomonidan surishtiruv, ekspertiza ishlari olib borilmoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q