Madaniyat
Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmatiga tayanib O‘zA ma’lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Rossiya Federasiyasida vaqtincha yashab, mehnat qilayotgan faol yurtdoshlarimizga ham mustaqilligimizning 30 yilligi ko‘krak nishoni topshirilishi munosabati bilan Tatariston Respublikasining Qozon shahridagi “Do‘stlik uyi”da madaniy tadbir tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari –turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Tatariston Respublikasidagi yurtdoshlarimizni mamlakatimizning istiqlol bayrami bilan tabriklab, faol hamyurtlarimizga “Mustaqillikning 30 yilligi” ko‘krak nishonini topshirdi.
Mazkur nishon eng avval O‘zbekistonning Tatariston Respublikasidagi bosh konsuli Farid Nasriyevga topshirildi. Shuningdek, “Suyumbike” nashri bosh muharriri o‘rinbosari Ramziya Kashapova, Qozon shahridagi o‘zbek madaniyat markazi rahbari Abdumannop Abdusattorov va Chuvashidagi o‘zbek madaniyat markazi rahbari Abduvali Ergashov ham “Mustaqillikning 30 yilligi” ko‘krak nishonini bilan taqdirlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q