14:50 / 10.09.2021
1467
0

Jamiyat
Yaqin kunlarda yurtimizga 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech va 600 000 dozadan ortiq AstraZeneca vaksinalari olib kelinishi kutilyapti. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hozirda yurtimizda 4 turdagi: ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, “Sputnik V”, Moderna vaksinalaridan emlash jarayonlarida foydalanib kelinayotgan edi. Pfizer/BioNTech vaksinasi o‘zbekistonliklar emlanadigan 5-vaksina bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni kungacha mamlakatimizda jami 15 978 140 doza vaksinadan foydalanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 2 710 887 nafarni tashkil qilmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q