“Porloq kelajakka qadam – mening mahallam bilan!”

Saqlash
14:20 / 01.04.2022 2102 0

Toshkent shahridagi 112-IDUMda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkor tashkilotlar bilan birga Katta Oltintepa mahallasi yoshlari ishtirokida “Porloq kelajakka qadam – mening mahallam bilan!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy va harbiy vatanparvarlik ruhida tadbir tashkil etdi.

Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida mahallalarda yoshlar muammolarini hal etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda yosh avlodni intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash hamda ular bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy qilish, ta’lim muassasalaridagi faol yoshlar yetakchilariga ko‘maklashish va bu yo‘nalishda “Toshkent tajribasi”ni yaratish belgilangan.

Tadbirda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining ko‘rgazmali chiqishi bo‘lib o‘tdi. Yozuvchilar uyushmasi mas’ul xodimi Farog‘at Xudoyqulovaning yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish borasidagi chiqishi hammada o‘zgacha tassurot qoldirdi. Kinematografiya agentligi tomonidan film namoyish etildi va kinoijodkorlar bilan uchrashuv uyushtirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//